Sherdor madrasasi Yaponiyaning jahon tarixi darsligining muqovasidan o'rin oldi

Samarqand shahridagi dunyoga mashhur Registon majmuasida joylashgan Sherdor madrasasi surati 9-12-sinflar uchun yapon tilidagi “Jahon tarixi” darsligining muqovasidan joy oldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.

Yaponiyadagi maktab o‘quvchilari aprel oyida boshlanadigan yangi o‘quv yilida ushbu darslikdan foydalanishni boshlaydilar.