Sherzod Asadov: bu hafta Prezidentimiz korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha yig'ilish o'tkazadi

Navbatdagi haftalik brifingda davlatimiz rahbarining matbuot kotibi Sherzod Asadov prezident ishtirokidagi tadbirlarning jadvalini e'lon qildi.

 

Matbuot kotibining so'zlariga ko'ra, bu hafta Shavkat Mirziyoyev korrupsiyaga qarshi kurashish, chet tillarni o'qitish tizimini takomillashtirish, sportchilarimizni Tokio Olimpiadasiga tayyorlash bo'yicha qator yig’ilishlar, shuningdek, qishloq xo’jaligi mashinasozlik korxonalarini transformatsiya qilish bo’yicha taqdimotlar o’tkazadi. 

«Korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo'yicha videokonferensiya o’tkazish belgilandi. Ushbu videokonferensiyada davlat organlari rahbarlari va hokimlarning hisobotlari tinglanadi», - dedi u jurnalistlarga.

 

«Korrupsiya holatlarida aniqlanayotgan so’nggi voqealardan o’zingiz ham xabardorsiz. Bu haqda avvalgi yig’ilishlarda gapirilgan edi. Ushbu masala doimiy nazoratda va yaqinda ushbu masala bo'yicha alohida yig’ilish o'tkazilishi korrupsiyaga qarshi kurashning murosasiz xarakteridan dalolat beradi", - deya qo'shimcha qildi Asadov.