SHHT aʼzo-davlatlari Ilm-fan va texnika boʻyicha rahbarlarining oltinchi yigʻilishi oʻtkazildi

Joriy yilning, 8-aprel kuni Oʻzbekiston tomoni raisligida Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) aʼzo-davlatlarining Ilm-fan va texnika sohalarining rivojlanishiga masʼul vazirliklari va tashkilotlari rahbarlarining oltinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Tadbir davomida SHHT aʼzo-davlatlarining ilmiy-texnika sohasidagi 2022-2025-yillardagi hamkorlik rejasi muhokama qilindi. Shuningdek, Oʻzbekiston tomoni tashabbusi bilan kun tartibiga kiritilgan SHHT aʼzo-davlatlari hamkorligida sunʼiy intellekt rivojlantirish Dasturi va boshqa masalalar koʻrib chiqildi.
Ma’lumot o’rnida, SHHT aʼzo-davlatlari Ilm-fan va texnika sohalarining rivojlanishiga masʼul vazirliklari va tashkilotlari rahbarlarining yigʻilishi 2010-yildan buyon oʻtkazib kelinmoqda.
Mazkur tadbir ilmiy-texnik va innovatsion hamkorlikni oʻrnatish va takomillashtirish uchun samarali maydon boʻlib, SHHT aʼzo-davlatlari oʻrtasida ilm-fan va texnika sohalari oʻzaro manfaatli rishtalarining yanada mustahkamlanishiga xizmat qiladi.






