ShHT hududida qishloq xo'jaligini rivojlantirish istiqbollari

Joriy yilning 25-iyul kuni O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri J.Xodjayev Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) a'zo davlatlar qishloq xo'jaligi vazirlarining VII – yig'ilishida ishtirok etdi.

Yig'ilishda Hindiston, Qozog'iston, XXR, Qirg'iziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston mutasaddi vazirlik va idoralari rahbarlari, shuningdek, ShHT va BMT FAO ning Markaziy Osiyo bo'yicha rahbariyati ishtirok etdi.

J.Xodjayev o'z qutlov so'zida ShHT Kotibiyatining BMT Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti (FAO) bilan ushbu ikki tashkilot o'rtasida qabul qilingan 2020-2023-yillarga mo'ljallangan Qo'shma harakatlar rejasini amalga oshirish borasidagi ishlariga yuqori baho berib, "o'sish nuqtalarini" ishga solish va mintaqada qishloq xo'jaligi sohasida salohiyatni to'liq ochib berishga qaratilgan qator konstruktiv takliflarni ilgari surdi. Jumladan, ilm-fanga asoslangan texnologiyalar va innovatsiyalarni joriy etish, raqamlashtirish, to'plangan tajriba va bilimlar almashish, tomorqa xo'jaliklari va bog'dorchilikni har tomonlama qo'llab-quvvatlash zarurligi ta'kidlandi.

ShHT makonida agroekologik qishloq xo'jaligini ommalashtirish va ilgari surish, shuningdek FAO bilan hamkorlikda agrosektorni rivojlantirishga qaratilgan yirik loyihalarni hayyotga tatbiq etish bo'yicha faol choralar ko'rish taklif etildi.