ShHT tarixida yangi sahifa ochgan Samarqand sammitida davlatimiz rahbari bir qator takliflarni ilgari surdi

Bugun butun dunyo nigohi qadimiy Samarqandga qadaldi. Nafaqat milliy ommaviy axborot vositalari vakillari balki butun jahon jurnalistlarining diqqati ShHT sammitiga qaratilib, barcha onlayn platformalarning asosiy mavzusi sammit jarayonlarini yoritishga yo’naltirildi. Ishonchimiz komilki, bugungi sana tarix sahifalarida muxrlanib, yangi imkoniyatlar uchun mustahkam poydevor vazifasini o’taydi.

Mazkur sammitda, O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ShHT davlatlari taraqqiyoti va mustahkam aloqalari yo’lida bir qator takliflarni ilgari surdi:

ShHTning yangi iqtisodiy muloqotini boshlash asosida sanoat va texnologik hamkorlikning umumiy maydonini shakllantirish;
O'zbekistonda ShHT mintaqalarining biznes sherikligi haftaligini o'tkazish;
ShHT davlatlarining maxsus iqtisodiy zonalari alyansini tuzish;
2023-yilda Samarqandda ShHT maxsus zonalari maʼmuriyatlari rahbarlarining birinchi yigʻilishini oʻtkazish;
Har yili ShHT davlatlarining yirik savdo yarmarkasini o‘tkazish va uning negizida yagona elektron platforma yaratish;
ShHT doirasida oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashning umumiy tamoyillari va yondashuvlarini ishlab chiqish;
2023-yilda oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konferensiya o‘tkazish;
BMT ko‘magida Toshkent shahrida mintaqalararo o‘zaro bog‘liqlik markazini tashkil etish;
2023-yilda O‘zbekistonda birinchi ShHT Transport forumini o‘tkazish;
ShHT Iqlim kengashini tashkil etish;
ShHT MATT Kengashining SHHT mamlakatlaridagi vaziyatni baholash uchun har yili oʻtkaziladigan majlislarini oʻtkazish;
Kiberjinoyatlarga qarshi kurash platformasini yaratish;
Termiz shahrida Afg'onistonni gumanitar qo'llab-quvvatlash bo'yicha maxsus fondni tashkil etish;
SHHT doirasida qo'shimcha formatlarni ta'sis etish (Universitet rektorlari forumi, madaniyat va turizm kunlari, qo'shma sport tadbirlari va universiadalar);
Madaniyatlararo muloqot uchun raqamli platformalarni ishga tushirish (Virtual muzeylar, ilmiy videokonferensiyalar);
2023-yilning ShHT makonida Turizmni rivojlantirish yili deb e’lon qilinishi.