ShHTga a'zo davlatlar mintaqaviy rahbarlari forumi

3 avgust kuni Hilton Toshkent City mehmonxonasida O'zbekiston Respublikasi raisligi doirasida Toshkent shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar mintaqalari rahbarlari forumi bo'lib o'tadi.

Forumning asosiy maqsadi ShHTga a'zo davlatlar e'tiborini turizm, madaniyat, qishloq xo'jaligi va boshqa sohalarni rivojlantirishga qaratishdir.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston raisligida ShHTga a'zo davlatlarning 40 ga yaqin tadbirlari-yig'ilishlari rejalashtirilgan va bugungi kunda ushbu tadbirlar doirasida Shanxay hamkorlik Tashkilotining mintaqalar rahbarlarining uchinchi forumi bo'lib o'tdi.