ShHTga aʼzo davlatlar Oliy sudlari raislari 2024-yilda Oʻzbekistonda yigʻiladi

10-12 mart kunlari Nyu-Dehli shahrida Hindiston tomoni raisligida ShHTga aʼzo davlatlar Oliy sudlari raislarining XVIII yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda navbatdagi Yig‘ilish 2024-yilda O‘zbekiston Respublikasi raisligida o‘tkazilishi ma’lum qilindi.

Ma’lum qilinishicha, yig‘ilish ishtirokchilari axborotlashtirish va “aqlli” sudlar barpo etish, odil sudlovdan teng foydalanish va uning shaffofligini ta’minlash, huquqni muhofaza qilish sohasidagi muammolarga qarshi kurashish masalalarini muhokama qilgan.

Tadbirda Hindiston Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, Pokiston Islom Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudlari raislari va kuzatuvchi davlatlar – Belarus Respublikasi va Eron Islom Respublikasi Oliy sudlari raislari, shuningdek, ShHT MATT Ijroiy Qo'mitasi vakillari ishtirok etishdi.

Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha Qo‘shma bayonot qabul qilindi.