ShHTga a’zo davlatlar sport vazirlari yig‘ilishi

Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi raisligida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar sport vazirlari yig‘ilishi o‘z ishini boshladi.

Tadbirda ShHT Bosh kotibi Chjan Min ishtirok etmoqda.

Yig‘ilishda zamonaviy sharoitida sportni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari, sport anjomlari, kiyim-kechak va texnikalarini birgalikda ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihalarini amalga oshirish istiqbollari ko‘rib chiqiladi.

Shuningdek, kun tartibida ShHTga aʼzo davlatlarning vakolatli organlari oʻrtasida jismoniy tarbiya va sport sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi 2022-2024-yillarga moʻljallangan kelishuvni amalga oshirish boʻyicha Harakatlar rejasini tasdiqlash koʻzda tutilgan.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha Protokol imzolanishi rejalashtirilgan.