ShHTni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizdagi Shanxay hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi yigʼilishining tadbirlarida ishtirok etayotgan ShHTga aʼzo davlatlar delegatsiyalarining rahbarlarini qabul qildi.

Uchrashuvda Hindiston tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jayshankar, Qozogʼiston Bosh vazirining oʼrinbosari - tashqi ishlar vaziri Muxtor Tleuberdi, Xitoy Davlat kengashi aʼzosi, tashqi ishlar vaziri Van I, Qirgʼiziston tashqi ishlar viziri Jeenbek Kulubayev, Pokiston tashqi ishlar vaziri Bilaval Bxutto Zardariy, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin, shuningdek, ShHT bosh kotibi Chjan Min I va ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qoʼmitasi direktori Ruslan Mirzayev ishtirok etdi.

Koʼp tomonlama hamkorlikning ustuvor vazifalari va ShHTni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Oʼzbekistonning birlashmaga raisligi davomida oʼtgan davrda birgalikda amalga oshirilgan ishlar natijalari hamda joriy yil sentabr oyida Samarqandda oʼtadigan sammit kun tartibiga alohida eʼtibor qaratildi.

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.