ShHTning yangi rivojlanish bosqichi

“ShHT Tashqi ishlar vazirlari kengashining ushbu yig‘ilishi bu yil tashkilot faoliyatidagi asosiy voqeaga – ShHT Davlat rahbarlari kengashining 2022-yil 15-16-sentabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishiga tayyorgarlikning yakuniy bosqichidir”,- deya ta’kidladi O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov yig’ilishdagi nutqida.
"Bugungi kungacha O‘zbekiston raisligida hamkorlar bilan birgalikdalikda 70 dan ortiq yirik tadbirlar, jumlaadan 15 ta vazirlik darajasidagi anjumanlar o‘tkazildi. Ular ShHTning yangi rivojlanish bosqichida ko‘p qirrali hamkorlikning ulkan salohiyatini to‘la-to‘kis ochib berishga yo‘naltirilgan edi.
Bu, birinchi navbatda, sanoat kooperatsiyasi, mintaqalararo savdo, o‘zaro transportning bog‘liqligi, innovatsiya, kambag‘allikni kamaytirish, raqamli transformatsiya, “yashil iqtisodiyot” kabi yuqori talabga ega istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy hamkorlikni rivojlantirishdir.
ShHTning hali foydalanilmayotgan zaxiralarini chuqur tahlil qilish va yangicha qarash kerak. Tashkilotimizning ulkan salohiyatini ro‘yobga chiqarishning eng samarali yo‘li savdo, transport, sanoat va texnologik kooperatsiya, raqamli transformatsiya va sun’iy intellekt, “yashil iqtisodiyot” va iqlimga moslashish kabi sohalardagi haqiqiy hamkorlikni faollashtirishdan iborat.
Xususan, O‘zbekistonning Samarqand viloyatida “O‘zbekiston – ShHT” sanoat zonasini tashkil etish tashabbusi ana shu vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan”, - deya ta’kidladi O’zbekiston tashqi ishlar vaziri v.b. o’z nutqida.
Shuningdek, yig'ilishda Qozog‘iston, Hindiston, Xitoy, Qirg‘iziston, Rossiya va Pokiston Tashqi ishlar vazirlari ham nutq so’zlab, mazkur tadbirning ahamiyati, maqsadi va rejalariga to’xtalib o’tdilar.






