Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni bilan amaliy hamkorlikni rivojlantirish

Xitoyning eng yirik va yetakchi hududlaridan biri - Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni bilan amaliy hamkorlikni rivojlantirish masalalari O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xitoy Kompartiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi, SHUAR Kompartiyasi Partiya qo‘mitasi kotibi Ma Sinjuy boshchiligidagi XXR delegatsiyasi bilan muhokama qilinmoqda.

Kun tartibida - qayta tiklanuvchi energetika, transport infratuzilmasini rivojlantirish va logistika, sanoat parklari va qishloq xo‘jaligi klasterlarini tashkil etish borasida, shuningdek, ta’lim, sog‘liqni saqlash va madaniyat sohalaridagi hamkorlik istiqbollari.