Shri-Lankada Prezident saylovi o’tkaziladi

Shri-Lankaning yangi Prezidenti 20-iyul, chorshanba kuni mamlakat parlamenti yig‘ilishida saylanadi.

“Partiya yetakchilari va parlament ishlari boʻyicha komissiyaning bugun boʻlib oʻtgan yigʻilishida Prezidentlikka nomzodlarni 19-iyul kuni eʼlon qilish va Prezident saylovi toʻgʻrisidagi qonunga muvofiq 20-iyul kuni ovoz berish (“Maxsus qoidalar” boʻlimi) qarori qabul qilindi,” deya ta’kiladi spiker Mahinda Yapi Abeivardena.

Eslatib o‘tamiz, iqtisodiy inqiroz bilan bog‘liq ommaviy norozilik namoyishlari fonida Shri-Lanka prezidenti Gotabaya Rajapaksa joriy yilning 13-iyulida iste’foga chiqqan edi.