Shvetsiya birinchi marta Interpol orqali O‘zbekistonga gumonlanuvchini topshirdi

Shvetsiyadan birinchi marta Oʻzbekistonga Xalqaro qidiruvda boʻlgan shaxs Interpol orqali ekstraditsiya qilindi. Bu haqda Oʻzbekiston Interpol Milliy markaziy byurosi ma'lum qildi.
Qayd etilishicha, qo‘lga olingan shaxs bir guruh shaxslar bilan til biriktirib, “o‘ylangan rejaga ko‘ra” hujjatlarni qalbakilashtirish yo‘li orqali ko‘chmas mulk sotish bilan shug‘ullangan va bu jabrlanuvchilarga ayniqsa katta miqdorda moddiy zarar yetkazgan.
Jinoiy javobgarlikka tortilgan erkak Yevropa Ittifoqi mamlakatlari hududida yashiringan, biroq tezkor-qidiruv tadbirlari davomida shaxsi aniqlanib, Shvetsiyada qo‘lga olingan.
Ma'lum qilinshicha, ekstraditsiyaga Interpolning Lion (Fransiya) shahrida boʻlib oʻtadigan yillik konferensiyasi doirasida Interpolning Oʻzbekiston va Shvetsiya milliy byurolari rahbarlarining uchrashuvi hamda O‘zbekiston Bosh prokuraturasining so‘rovi yuzasidan uzoq muddatli yozishmalar va muhokamalar orqali erishilgan
Qo‘lga olingan shaxs O‘zbekistonga olib kelindi. Bu yerda u sud hukmiga topshiriladi.






