Shvetsiyada maymun chechagiga qarshi emlash boshlandi

Mamlakatda hozirda 85 kishining maymunchechak bilan kasallangani tasdiqlangan. Kasalliklarning aksariyati Stokgolmda aniqlanib, 65 ta holat qayd etilgan.

Shu sababli, Shvetsiya joriy yil 28-iyuldan kasallangan fuqarolar bilan aloqada bo'lganlarga maymun chechagiga qarshi vaksinalanishni taklif qila boshladi.

Jamoat sog'liqni saqlash agentligining ko'rsatmalariga ko'ra, simptomatik maymunchechak kasalligi bilan yaqin aloqada bo'lgan har bir kishiga emlash taklif etilmoqda.

Ma'lumot o'rnida, maymunchechagi kamdan-kam uchraydigan virusli infeksiya bo'lib, u odamlar orasida ham yuqishi mumkin. Kasallik odatda yengil kechadi va ko'pchilik bir necha hafta ichida tuzalib ketadi, ammo ba'zilari uchun asoratlar paydo bo'lishi mumkin. Dastlabki alomatlarga isitma, bosh og'rig'i, mushak og'rig'i, bel og'rig'i, shishgan limfa tugunlari, titroq va charchoq kiradi. Toshma paydo bo'lishi ko'pincha yuzdan boshlanadi va keyin tananing boshqa qismlariga tarqaladi.