Sirdaryo viloyati hokimligi va Innovatsion rivojlanish agentligi o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Sirdaryo viloyatini “Ilg‘or innovatsiyalar hududi”ga aylantirish maqsadida joriy yilning 17-aprel kuni Sirdaryo viloyati hokimligi hamda Innovatsion rivojlanish agentligi o'rtasida innovatsion faoliyatni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan hamkorlik memorandumini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Marosim davomida Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Olimjon To‘ychiyev so‘zga chiqib ushbu memarandum mohiyati va mazmunini Sirdaryo viloyati yoshlariga tushuntirib o‘tdi va ushbu memarandum Sirdaryo viloyatini “Ilg‘or innovatsiyalar hududi”ga aylantirish bo‘yicha boshlang‘ich qadam ekanligini alohida takidlab o'tdi.
Mazkur memorandumdan ko‘zlangan asosiy maqsad hududda mavjud innovatsion va startap ekotizimni qo‘llab quvvatlash, iqtisodiyotning ustuvor yo‘nalishlari, jumladan hududning drayver sohalariga innovatsion yechimlarni olib kirish, hududda sohaga tegishli boshqa tadbirlar va innovatsion loyihalarni amalga oshirishdan iborat.
Shuningdek ushbu memorandum doirasida salohiyatli yoshlarimizni, yosh olimlar va ilmiy tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida har bir tuman va shaharlardan 3 tadan jami 33 ta yoshlarni 3 oy muddatga Xitoy Xalq Respublikasiga malaka oshirishga yuborish va natijada Xitoy tajribasi asosida hududdagi innovatsion loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan.






