Sirdaryoda qishloq xo‘jaligi mahsulotlar hakmi 2 barobarga oshiriladi - Shavkat Mirziyoyev

O'zLiDePdan ko'rsatilgan nomzod Shavkat Mirziyoyev Sirdaryoda saylovchilar bilan uchrashuvda viloyat aholisini hayot darajasini yaxshilash uchun 5 yillik dastur loyihasi ishlab chiqilganini ta'lidladi.

"Birinchi yo'nalish – qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 2 barobarga oshirish choralari ko'riladi.

Yaxshi bilasizlar, oborotdan chiqqan yerlarni o'zlashtirish tajribasi bundan ikki yil oldin Sirdaryodan boshlangan bo'lib, bugungi kunga qadar 17 ming gektar maydon qayta o'zlashtirildi.

Kelgusi besh yilda, viloyatda yana 34 ming gektar maydon o'zlashtirilib, meva-sabzavotchilik va chorvachilik uchun, tanlov asosida ajratib beriladi va 30 ming nafar aholi band bo'ladi.

Masalan, Mirzaobodda 12 ming gektar, Sardobada 6,5 ming gektar, Xovos tumanida 8 ming 700 gektar qo'shimcha yer maydonlari foydalanishga kiritiladi.

Buning uchun, elektr tortish va quduq qazish xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi.

Sirdaryoda 286 ming gektar ekin maydonining 30 foizi yuqori darajada sho'rlangangan. Bu ko'rsatkichni keskin pasaytirish bo'yicha, xorijiy ekspertlar jalb etiladi va Ekin yerlar sho'rlanishini pasaytirish va ekinlarni to'g'ri joylashtirish dasturi amalga oshiriladi.

Yerlarning sho'rlanishini pasaytirish choralarini mustaqil amalga oshirgan klaster va fermerlarni moliyaviy qo'llab-quvvatlash mexanizmlari joriy qilinadi.

Bunda, tuproq tarkibini laboratoriya tahlillaridan o'tkazish xarajatlarining 50 foizi byudjetdan qoplab beriladi.

Shuningdek, qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining Sirdaryo viloyati urug'chilik bo'limi tashkil qilinib, sho'r yerlarda yuqori hosil beradigan yangi g'alla, sabzavot va ozuqa navlari yaratiladi.
Buning uchun, Oqoltin va Boyovutda 2 ming gektar maydon ajratiladi.

Guliston, Sirdaryo va Sayxunobodda 1 ming gektarda sabzavot va poliz urug'larini yetishtirish poligoni tashkil qilinadi".