Sirdaryoda yangi elektr stansiya ishga tushiriladi

Sirdaryo viloyatida 1500 megavatt quvvatga ega bo’lgan yangi elektr stansiyasining qurilish ishlari boshlandi.

Ma’lumotlarga ko’ra, elektr stansiyasi yiliga 12 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Ushbu elektr stansiyasi energiya tejovchi innovatsion texnologiyalar tufayli yiliga 1,1 milliard kub metrgacha tabiiy gazni tejash imkonini beradi.

Shirin shahri va Bayaut tumanida qurilish ishlari davom etmoqda. Stansiyani shga tushirish 2023-yil oxiriga rejalashtirilgan.