Sirdaryodagi tabiiy ofat natijasida zarar koʼrgan tadbirkorlar soliqlardan ozod etiladi

2021-yil 24-sentyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar “Oʼzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga qoʼshimchalar kiritish toʼgʼrisida”gi qonun loyihasini birinchi oʼqishda koʼrib chiqdilar.

Qonun loyihasiga ko‘ra, Sirdaryo viloyatining Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida favqulodda hodisa oqibatida zarar koʼrgan baliqchilik, chorvachilik va parrandachilik xoʼjaliklari 2020-yil 1-maydan 2022-yil 1-noyabrga qadar yer va mol-mulk soliqlarini toʼlashdan ozod etiladi.

Shunigdek, loyihada Surxondaryoning Bandixon, Qiziriq, Muzrabot va Sherobod tumanlarida yangidan tashkil etilgan tadbirkorlik subʼektlari 2024-yil 1-yanvarga qadar yer soligʼi, mol-mulk soligʼi, aylanmadan olinadigan soliq va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun daromad soligʼini toʼlashdan ozod qilinadi.

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi oʼqishda kontseptual jihatdan qabul qilindi.