Siyosiy partiyalarga O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etishga rasman ruxsat berildi

14 avgust kuni Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi Majlisi bo'lib o'tdi, unda siyosiy partiyalarning Prezident saylovlarida ishtirok etishiga, saylov okruglari tarkibini tasdiqlash va ommaviy axborot vositalarini akkreditatsiya qilish masalasi ko'rib chiqildi. Yig'ilishda Markaziy saylov komissiyasi raisi Z. NIZOMXODJAYEV boshchilik qildi.

Yig'ilishda barcha okrug saylov komissiyalariga ilgari surilgan nomzodlar ko'rib chiqildi va tasdiqlandi.
Ayni paytda 14 saylov okrugida saylov komissiyasi a'zolari soni 266 nafarni tashkil etmoqda. Shulardan 104 nafari ayollar (39%), 14 nafari nogiron (5%); mutaxassisliklar kesimida 32 nafar huquqshunos (12%), 21 nafari shifokor (8%), 26 nafari muhandis (10%), 90 nafari o'qituvchi(34%), 41 nafari iqtisodchi (15%), 11 nafari jurnalist (4%) va 45 nafari boshqa soha vakillari (17%).

Yig'ilishda OAV vakillarini akkreditatsiya qilish to'g'risidagi qaror loyihasi ham ko'rib chiqildi.

Bugungi kunda Markaziy saylov komissiyasiga OAV vakillarini akkreditatsiya qilish masalalari bo'yicha ko'plab murojaatlar kelib tushmoqda. Bugungi kunda 700 dan ortiq OAV vakillari akkreditatsiyadan o'tgan.

Majlis yakunida Markaziy saylov komissiyasining kun tartibidagi masalalar bo'yicha tegishli qarori qabul qilindi.