Siyosiy partiyalarning vakolatli vakillari ro‘yxatga olindi

29 iyul kuni Markaziy saylov komissiyasining videokonferens aloqa shaklida majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisni Markaziy saylov komissiyasi raisi Z.Nizamxodjayev olib bordi.
Shundan so‘ng mamlakatimiz siyosiy maydonida faoliyat olib borayotgan beshta siyosiy partiya rahbarlari o‘z vakolatli vakillarini tayinlab, ularni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Markaziy saylov komissiyasiga murojaat etdi va tegishli hujjatlarni taqdim qildi.
Quyida siyosiy partiyalarning vakolatli vakillari ro'yxati keltirilgan:
1) YAKUBOV Baxtiyor Sultannazirovich – Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining vakolatli vakili.
2) MAMATXONOV Bahodirjon Mo‘llajon o‘g‘li – O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining vakolatli vakili.
3) RAHMONOV Abdukamol Shodiyevich – O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining vakolatli vakili.
4) SANGINOV Saidrasul Saidakparovich – O‘zbekiston Ekologik partiyasining vakolatli vakili.
5) VAFOYEV Ulug‘bek Nazarovich – O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining vakolatli vakili.
MSK partiyalar rahbarlari tavsiya etgan vakolatli vakillarga tegishli hujjatlarni ko‘rib chiqib, vakolatli vakillarni ro‘yxatga olish hamda ularga belgilangan shakldagi guvohnoma (mandat)ni berish haqida qaror qabul qildi.






