Sodiq Safoyev qirolicha Yelizaveta IIning dafn marosimida ishtirok etdi

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev boshchiligidagi delegatsiya qirolicha Yelizaveta ikkinchining dafn marosimida ishtirok etdi.
Qirolicha kecha, 19-sentabr kuni Vindzordagi Avliyo Georgiy butxonasida, turmush o‘rtog‘ining yoniga dafn etildi.
10 kunlik milliy motamni yakunlaydigan Vestministr abbatligida bo‘lib o‘tadigan marosimda qariyb 2 mingga yaqin kishi hozir bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev Buyuk Britaniyaning yangi qiroli Karl IIIga onasi qirolicha Yelizaveta II vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirgan edi.
Ma'lumot o'rnida, Britaniya qirolichasi Yelizaveta II 96 yoshida vafot etdi va uning o'rniga o'gli Charlz III mamlakat qiroli bo'ldi.






