So'nggi yillarda O'zbekistonda AQSH investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar soni 2 barobar ko'paydi

O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Amerika Qo'shma Shtatlari Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo'yicha yordamchisi Donald Lu boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida ikki mamlakat o'rtasidagi siyosiy-iqtisodiy sheriklikning asosiy masalalri ko'rib chiqildi. So'nggi yillarda ikki tomonlama hamkorlikning barcha sohalarida sezilarli yutuqlarga erishilgani va bunga O'zbekiston Prezidentining 2018 - yil may oyida AQSHga tashrifi vaqtida asos solingani alohida qayd etildi.

Statistik ma'lumotlarga ko'ra, 2021 - yil 11 oy davomida ikki mamlakat o'rtasida tovar aylanmasi 2020 - yilning shy davriga nisbatan 48,5 % ga o'sgani ta'lidlandi. Shuningdek, so'nggi bir necha yil davomida O'zbekistonda AQSH investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar soni 2 barobar ko'paygani qayd etildi.

Uchrashuv davomida tomonlar 2022 - yilning birinchi yarmida Amerika - O'zbekiston savdo palatasi (AUCC) bilan hamkorlikda biznes vakillari uchun biznes - forum o'tkazish taklifini muhokama qilidilar.

Shuningdek, ikki mamlakat vakillari AQSH Xalqaro taraqqiyot moliya korporatsiyasi (DFC) va O'zbekistonning To'g'ridan-to'g'ri investitsiyalar jamg'armasi o'rtasida hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlarini ko'rib chidilar,

Uchrashuv yakunida, tomonlar ko'zda tutilgan dastur va tashabbuslarni ilgari surishni jadallashtirish maqsadida muhokama qikingan barcha masalalar yuzasidan faol muloqotni davom ettirishga tayyorligini bildirdilar.