Sony elektromobillar bozoriga kirishni rejalashtirayotganini e'lon qildi

Kompaniya yangi elektromobilning prototipini taqdim etdi va bunday avtomobillarni ishlab chiqarish bo'yicha alohida bo'linma yaratish niyatini ma'lum qildi.

Sony bahorda elektromobillar bo'linmasini tashkil qiladi, deyiladi kompaniya matbuot xabarida.

Kompaniya rahbari Kenichiro Yoshida Las-Vegasda bo'lib o'tgan Consumer Electronics Show (CES)da elektromobillar bozoriga kirish niyati haqida ma'lum qildi. "Biz Sony elektromobillarini tijoriy ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish imkoniyatini ko'rib chiqmoqdamiz", - deya Yoshida so'zlarini keltiradi The Verge.

2020-yilda boʻlib oʻtgan CES koʻrgazmasida Sony kompaniyasi Vision-S elektr avtomobili prototipini taqdim etdi. O'sha yilning dekabr oyida avtomobil birinchi marta Yevropa yo'llarida sinovdan o'tkazildi va aprel oyida Sony 5G tarmog'i orqali masofadan boshqarishni qo'llagan holda test drayverini o'tkazdi.