Sony inson shaklidagi robotlarni ishlab chiqarishga tayyorligini bildirdi

“Reuters” xabariga ko’ra, ko‘p tarmoqli professional elektronika, video va musiqa kontenti, kompyuter o‘yinlari va moliyaviy xizmatlar kompaniyasi sanalgan Sony inson shaklidagi robotlarni ishlab chiqarishga tayyorligini bildirgan. Bu haqda Sony korporatsiyasi Bosh texnologi Xiroaki Kitano ma’lum qilgan.

“Texnologiya nuqtayi nazaridan dunyoning bir qancha kompaniyalari, shu jumladan bizda ham gumanoid robotlardan foydalanish istiqbolli ekani ma’lum bo‘lishi bilanoq ularni tezda yaratish uchun yetarli darajada to‘plangan texnologiyalarga ega”, — dedi Xiroaki Kitano.

P.S. Sony dunyodagi eng yirik media korporatsiyalardan biri bo‘lib, sho‘ba korxonalari kinofilmlar, televideniye va musiqa dasturlari, video o‘yin pristavkalari va kompyuter o‘yinlarini ishlab chiqaradi.

Xususan, korporatsiya Sony Music Entertainment rekord leybliga, Columbia Pictures va TriStar Pictures kinostudiyalariga, shuningdek, MGM filmlarining to‘liq arxiviga (Amerikaning Comcast kompaniyasi bilan birgalikda) egalik qiladi. Holdingning boshqa bo‘linmalari esa moliyaviy xizmatlar (har xil turdagi sug‘urta, lizing faoliyati, kreditlash) sohasida ishlaydi.