Soʼnggi toʼrt yilda Navoi viloyatiga $5,6 mlrd investitsiya kiritildi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Navoiy viloyatining soʼnggi besh yillikdagi rivojlanish natijalarini eʼlon qildi.

Markaz ekspertlari viloyatda soʼnggi yillarida yuz bergan faol islohotlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi asosiy oʼzgarishlarini taqdim etdi.

2017-2020 yillar davomida viloyatning yalpi hududiy mahsuloti (YaHM) 20%ga oshib, 12 trln. soʼmdan 49,7 trln soʼmga yetdi.

Shu davr mobaynida YaHMning sanoat va qurilish sohasi 48,1 %dan 72,6 %ga oʼsdi.

Bozor xizmatlari 47 %ga koʼpayib, 2,6 trln. soʼmdan 5,8 trln soʼmga yetdi.
Soʼnggi besh yilda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 10,7 trln soʼmdan 65,1 trln soʼmga yetib, 13 %ga oshdi.

Qishloq xoʼjaligi mahsulotlari ishlab chiqarish 11 %ga oʼsib, 2016-yildagi 5,3 trln. soʼmdan 2020-yilda 11,9 trln. soʼmni tashkil etdi.
Viloyatda faoliyat koʼrsatayotgan korxonalar soni 2016-yildagi 10,4 ming donadan 2020-yilda 21,4 ming donaga 105% koʼpaydi.
Infratuzilmani rivojlantirish sohasida 2016-2020-yillarda 67 km avtomobil yoʼllari va 649 km suv taʼminoti tarmoqlari yotqizildi.
Shu davr mobaynida 111 mingga yaqin yangi ish oʼrni yaratildi.
Oʼtgan besh yil davomida viloyatda 3 485 ming kvadrat metr uy-joy foydalanishga topshirildi, maktabgacha taʼlim muassasalarida 5,1 ming oʼrin, maktablarda 18,9 ming oʼrin, shifoxonada 1,5 ming oʼringa moʼljallangan koekalar joylashtirildi.