Sportni rivojlantirish vazirligining asosiy vazifalari belgilandi

Hukumat qarori bilan Sportni rivojlantirish vazirligi to'g'risidagi nizom tasdiqlandi. Nizomga muvofiq, Sportni rivojlantirish vazirligi Vazirlar Mahkamasiga bo'ysunadi va sport sohasida yagona davlat siyosatini yuritadi.

Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o'yinlari, jahon, Osiyo va Paraosiyo chempionatlari va boshqa xalqaro musobaqa va turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirokini ta'minlash uchun istiqbolli sportchlarni tayyorlash Vazirlikning asosiy vazifalaridan hisoblanadi.

Shuningdek, Vazirlik O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi, O'zbekiston Milliy paralimpiya qo'mitasi, sport federatsiyalari va assotsiatsiyalari, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi boshqa nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatini rivojlantirishga ko'maklashadi.

Eslatib o‘tamiz, vazirlik Prezidentning 2022-yil 18-fevraldagi farmoni bilan tashkil etilgan.