Sportning Paralimpiya turlarini rivojlantirish: Prezidentimiz Paralimpiya harakatini rivojlantirish to'g'risidagi farmonni imzoladi

2021 yil 18-may kuni Prezidentimiz "Paralimpiya harakatini rivojlantirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Farmonni imzoladi. Hujjatda imkoniyati cheklangan va nogironligi bor shaxslarning sport bilan shug'ullanishi uchun qulay sharoitlar yaratish bo'yicha muhim ko'rsatmalar belgilangan.

 

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 yanvardagi PF-5924-sonli "O'zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi va 2020 yil 30-oktyabrdagi PF-6099 "Sog'lom turmush tarzini keng joriy etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmonlariga muvofiq Paralimpiya harakatini rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari belgilab olindi. Shuningdek, Milliy paralimpiya assotsiatsiyasi negizida tashkil etiladigan O'zbekiston Milliy Paralimpiya Qo'mitasining maqsad va vazifalari ham belgilab olindi.