Sputnik V bilan emlangan turistlar AQShga kirishi taqiqlanadi

Sputnik V vaksinasi bilan emlangan chet ellik sayyohlar AQShga kira olmaydi, deb xabar berdi The Washington Post. Noyabr oyidan boshlab mamlakat mahalliy regulyator yoki JSST tomonidan tasdiqlangan dorilar bilan emlangan chet elliklarni qabul qila boshlaydi.

Noyabrdan AQShga chet ellik sayyohlarni kiritishning yangi qoidalari kiritiladi: Amerika regulyatori yoki Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti (JSST) tomonidan tasdiqlangan vaksinalar bilan to'liq emlanganlar mamlakatga kira oladi.

Oziq-ovqat va farmatsevtika idorasi (FDA) hozirgacha Pfizer va Moderna vaksinalarini, shuningdek Xitoyning Sinopharm va Sinovac kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan dori-darmonlarni tasdiqladi.

Malumot uchun, O'zbekistonda shu yilning iyul oyida Jurabek Laboratories farmatsevtika kompaniyasi Sputnik V vaktsinasini oyiga ikki million dozagacha ishlab chiqarishni rejalashtirgani haqida xabar berilgan edi.