Savdo Sanoat palatasi qishloq xo’jaligi sohasini muvofiqlashtirish yo’lida

Joriy yilning 23-may kuni Savdo-sanoat palatasi Qishloq xoʼjaligi vazirligi bilan hamkorlikda meva-sabzavot (xom va qayta ishlangan) mahsulotlar eksportini rivojlantirish, eksportga koʼmaklashish choralarini belgilash va mavjud mexanizmlarni ishlab chiqish masalalariga bagʼishlangan uchrashuv tashkil etdi.
Davra suhbatiga fitosanitariyani tartibga solish boʼyicha mutaxassislar taklif etilib, ular tomonidan tartibga solish meʼyorlarini zudlik bilan isloh qilish zarurligi tushuntirildi.
Savdo-sanoat palatasining vazifasi eksportyorlar va davlat nazorati organlarining fikrlarini tinglagan holda qishloq xoʼjaligiga xorijning oʼxshash mahsulotlari bilan ham sifat, ham narx boʼyicha raqobatlashish imkoniyatini beruvchi tavsiyalar toʼplamini shakllantirishdan iborat.
Аnʼanaga koʼra, uchrashuv yakunida tahliliy maʼlumot uchun takliflar yigʼilib, vakolatli davlat organlariga taqdim etildi.
Savdo-sanoat palatasi tadbirkorlar bilan Biznes nonushta tadbirlarini davom ettirmoqda. Eksportni rivojlantirish, qoʼshilgan qiymat soligʼini qaytarish masalalariga bagʼishlangan avvalgi uchrashuvlar videoyozuvlari Savdo-sanoat palatasining youtube sahifasiga joylangan.
Shuningdek, 28-may kuni kreativ iqtisodiyot masalalariga bagʼishlangan navbatdagi tadbir boʼlib oʼtadi.






