Stokgolmda fizika bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindorlari e’lon qilindi

Fizika boʻyicha 2022-yilgi Nobel mukofoti Parij-Saklay universiteti fiziki Alen Aspekt, J.F. Clauser & Associates kompaniyasidan Jon Klauzer va Vena universitetidan Anton Tsaylingerga kvant mexanikasidagi tadqiqotlari uchun berildi.

2021-yilda fizika bo‘yicha Nobel mukofoti Prinston universitetidan yapon-amerikalik olim Shukuro Manabe va Maks Plank nomidagi meteorologiya instituti xodimi germaniyalik Klaus Xasselmann “Yer iqlimini fizik modellashtirish, o‘zgaruvchanlikni baholash va global isish”ni ishonchli bashorat qilgani uchun berilgan edi.

Rimdagi Sapienza universitetining nazariy fizika bo‘yicha faxriy professori Giorgio Parisi ham fizik tizimlardagi tartibsizliklar va tebranishlarning o‘zaro ta’sirini atom miqyosidan sayyora miqyosigacha aniqlagani uchun mukofotga sazovor bo‘lgan.