Sud-ekspertlik tizimini takomillashtirish kontseptsiyasi tasdiqlandi

Avval xabar berganimizdek, O'zbekistonda sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etildi. 2021-2025 yillarga mo'ljallangan sud-ekspertlik faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasi tasdiqlandi, deya xabar qilmoqda Adliya vazirligi matbuot xizmati.

-2021-yil 1-sentyabrdan boshlab davlat va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlariga shartnoma asosida yuridik va jismoniy shaxslarga sud-ekspertiza tadqiqotlarini o'tkazish huquqi beriladi;

-2021-yil 1-sentyabrdan boshlab nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari mutaxassislari uchun har 3 yilda bir marta attestatsiyadan o'tish mexanizmi joriy etiladi;

-2022-yil 1-martdan aholi va vakolatli organlarga sud-ekspertlik faoliyatiga doir ma'lumotlar yetkazish uchun "E-ekspertiza" yagona elektron axborot tizimi joriy etiladi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida sud-ekspertlik sohasini har tomonlama takomillashtirish maqsadida Adliya vazirligi huzurida sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi tashkil etiladi.