Sudlanuvchilarga davlat hisobidan yuridik yordam olishi huquqi berilmoqda

Oʻzbekiston Oliy Majlisi Senati bugun boʻlib oʻtgan yalpi majlisda “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi qonunni ma’qulladi.
Qonunga muvofiq, endilikda davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish maʼmuriy va fuqarolik ishlarida ham ta’minlanadi.
Shuningdek:
• kam taʼminlanganlar;
• ruhiy holati buzilgan jismoniy shaxslar;
• teng huquqliligi buzilgani bo‘yicha sudga murojaat qilganlar;
• jinoyat ishi gumonlanuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi va jabrlanuvchilar davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega boʻladi.






