Sukerberg Apple siyosatini tanqid qildi

Bloomberg xabariga ko’ra, Facebook ijtimoiy tarmog‘i asoschisi Mark Sukerberg har yili o‘tkaziladigan New York Times DealBook Summitida ilovalarni boshqarish bo‘yicha Apple siyosatini tanqid qilgan.
“Agar mavjud bo‘lgan asosiy kompyuter platformalari — Windows, Android, iOSga qarasangiz Apple qurilmada qaysi ilovalar tugashini nazorat qiladigan yagona kompaniya sifatida ajralib turadi”, — degan Sukerberg.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday siyosat nafaqat foydalanuvchilarga, balki Apple bilan hamkorlik qilayotgan dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchilarga ham zarar yetkazadi. Sukerbergning fikricha, qattiq nazorat tufayli Apple mobil ekotizimidagi foydaning katta qismi dasturchilarga emas, balki IT gigantiga tushadi.
Shuningdek, Facebook asoschisi Apple siyosati boshqa texnologiya gigantlari, jumladan, Microsoft va Googledan farq qilishini aytgan. Xususan, ular ilovalar do‘konlarida mavjud bo‘lmasa, ilovalarni boshqa platformalardan qurilmaga yuklab olish imkonini beradi.






