Sun'iy intellekt insoniyat uchun tahdidmi?

SpaceX kompaniyasi asoschisi, Twitter rahbari Ilon Mask Dubayda o’tkazilgan Jahon hukumati sammitidagi onlayn ishtiroki davomida "Sun’iy intelektning ijobiy va salbiy tomonlari bor. Uni qo’llash istiqbollari juda katta, lekin u katta xavf ham tug’diradi”,- degan fikrni bildirgan.
“Masalan, atom energiyasini olaylik. Bizda yadroviy energiya ishlab chiqarish va yadroviy bombalar mavjud. Shuning uchun, menimcha, biz ma’lum darajada bu haqda tashvishlanishimiz kerak”, - deya tushuntirgan Twitter rahbari.
Shuningdek, Maskning ta’kidlashicha, sun’iy intellektni muayyan tartibga solish usullarini topish kerak.
P.S. Sun'iy intellekt (AI) atamasi algoritmlarning kombinatsiyasi orqali inson miyasining imkoniyatlarini ko'paytirishga mo'ljallangan mashinalar tomonidan amalga oshiriladigan razvedka operatsiyalarini anglatadi.






