BMT: Suriya shimoli-g‘arbidagi zilzila qurbonlari 4300 nafarga yetdi

BMTning Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasiga tayanib xabar berilishicha, Suriya shimoli-g‘arbida bir hafta oldin sodir bo‘lgan kuchli zilzila oqibatida 4300 kishi halok bo‘lgan, yana 7600 kishi jarohatlangan. Boshqarma tomonidan taqdim etilgan raqamlar Suriya hukumati nazorati ostidagi hududlardagi vaziyatni o‘z ichiga olmaydi.

Suriya Sog‘liqni saqlash vazirligi esa yakshanba kuni kechqurun mamlakatda 1414 kishi halok bo‘lgani, 2349 kishi jarohat olganini ma’lum qilgan.

Suriya Inson huquqlari bo‘yicha monitoring markazining so‘nggi statistik ma’lumotlariga ko‘ra, hukumat va isyonchilar nazorati ostidagi hududlarda zilzila oqibatida 5329 ga yaqin odam halok bo‘lgan.