Surxon voxasiga Prezident tashrifi kutilmoqda

Bugun Toshkent shahrida jurnalistlar uchun tashkil etilgan brifingda, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Аsadov, davlat rahbarining o'tgan haftada amalga oshirilgan uchrashuvlari va tashriflari haqida bayonot berar ekan, yangi haftaga rejalashtirilgan tashriflar borasida ham so'z yuritdi.

Unga ko'ra, joriy yilning 1-2 iyun kunlari Prezident Surxondaryo viloyatiga tashrif buyuradi.

Ta'kidlandiki, tashrif doirasida barcha sohalar kabi viloyatning investision hamda eksport salohiyatiga katta urg'u beriladi.

Jumladan, tashrif doirasida Respublika ipakchilik va qorako'lchilik qo'mitasi faolioyati bilan yaqindan tanishish va ushbu yo'nalishdagi eksport salohiyatni yangi bosqichga ko'tarish masalalari muhokama etilishi rejalashtirilgan.

Tashrif bo'yicha batafsil ma'lumotlarni navbatdagi yangiliklarimizda kuzatishingiz mumkin bo'ladi.