Suv, elektr, yoʼl, maktab kabi loyihalarga 8 trillion soʼm yoʼnaltiriladi

“Mahalla – tinchlik va osoyishtalik poydevori, ahillik va hamjihatlik, maʼrifat va tarbiya qoʼrgʼonidir. Shuning uchun ham bundan buyon davlat investitsiya dasturlari mahalla darajasiga tushiriladi”,- dedi Prezident.

Аvvalambor, 2023-yilda aholi tomonidan taklif berilgan suv, elektr, yoʼl, maktab kabi loyihalar uchun qariyb 3 barobar koʼp, yaʼni 8 trillion soʼm yoʼnaltiriladi.

Har bir mahalla oʼzining kutubxonasi, sport maydonchasiga ega boʼlishi zarurligi taʼkidlandi.

Mahalla oʼzining muammosini mustaqil hal etishi uchun “Mahalla budjeti” tizimi joriy etiladi. Buning uchun 1-yanvardan boshlab, mol-mulk va yer soliqlarining bir qismi mahallaning oʼzida qoladi.