Suveren va mustaqil mamlakat bunyodkori

Bugun, 30-yanvar O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov tavallud topgan kun. Islom Аbdugʼaniyevich hayot boʼlganida bugun 85 yoshni qarshi olgan bo’lar edi.

O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov 1938-yil 30- yanvarda Samarqand shahrida tavallud topgan.

1990-yil 24-mart kuni O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining sessiyasida O‘zbekiston SSR Prezidenti etib saylangan. 1991-yil 31-avgustda I.Karimov tarixiy voqea – O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qilgan. 1991-yil 29-dekabrda muqobillik asosida o‘tkazilgan umumxalq saylovida I.Karimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylangan.

Islom Karimov suveren va mustaqil O‘zbekistonni barpo etish, xalqparvar demokratik huquqiy davlat yaratish, fuqarolar tinchligi va milliy totuvlikni ta’minlash ishiga qo‘shgan ulkan hissasi hamda bu borada matonat va jasorat ko‘rsatganligi uchun "O‘zbekiston Qahramoni" unvoni, "Mustaqillik" va "Amir Temur" ordenlari bilan taqdirlangan.

O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov 2016-yil 2-sentabr kuni, 78 yoshida Toshkent shahrida vafot etgan. U 2016-yil 3-sentabrda Samarqand shahrida dafn etilgan.