Tadbirkor ayollar koʼproq qaysi sohada faoliyat olib bormoqda?

Davlat statistika qoʼmitasi maʼlumotlariga koʼra, 2022-yilning 1-yanvar holatiga Oʼzbekiston Respublikasida tadbirkor ayol rahbarlarning iqtisodiy sohalar boʼyicha faoliyati savdo sohasida – 14 147 tani, xizmatlar sohasida – 10 057 tani va sanoatda – 5 543 tani tashkil etmoqda.

2022-yilning 1-yanvar holatiga Oʼzbekiston Respublikasida ayol rahbarlar boshqaruvida kichik korxona va mikrofirmalarning mahsulot sotishdan tushgan sof daromadi 22,6 trln. soʼmni tashkil etgan.

Аyol rahbarlar boshqaruvidagi kichik korxona va mikrofirmalarning sof daromadi oʼtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 7 trln. soʼmga oshgan.

Аyol rahbarlar boshqaruvida 36 472 ta kichik korxona va mikrofirmalar mavjud.