Tadbirkorlar o’z pullarini mustaqil tasarruf etadilar

Davlat organlari, banklar yoki boshqa kredit tashkilotlari tadbirkorlarning pullaridan foydalanish yo'nalishlarini belgilab berishi va nazorat qilishga hamda pullarni o'z xohishiga ko'ra tasarruf etish huquqlariga cheklovlar belgilashga haqli emas.

Tadbirkorlarning faoliyatini va ularning banklardagi hisobvaraqlari bo'yicha operatsiyalarni qonunga xilof to'xtatib turish mansabdor shaxslarga BHMning 40 baravaridan 80 baravarigacha (12 mln so'mdan 24 mln so'mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.