Tadbirkorlarning energiya resurslaridan foydalanish holatlari tekshiriladi

“Kuz-qish mavsumida iste'molchilarni avtobenzin mahsulotlari bilan uzluksiz ta'minlash va ularning narxlari keskin oshishining oldini olish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko'ra, 2022-yil 10-dekabrdan 2023-yil 1-martgacha import qilinadigan, mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan va tadbirkorlar tomonidan yakuniy iste'molchilarga sotiladigan AI-80 avtobenzin uchun, istisno tariqasida, aksiz solig'i “nol” stavkada qo'llaniladi.

Shuningdek, 2022-yil 10-dekabrdan 2023-yil 1-aprelgacha Prezident huzuridagi Tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakil bilan kelishmasdan tadbirkorlarni ularning moliyaviy-iqtisodiy faoliyatiga aralashmagan holda energiya resurslaridan noqonuniy va samarasiz foydalanish holatlari bo'yicha tekshirishga ruxsat berildi.

Tekshiruvlar natijalari bo'yicha avtobenzin mahsulotlarining ortiqcha yo'qotishlariga va talon-tarojliklarga yo'l qo'ygan mansabdor shaxslarga qonunchilikda belgilangan jazo choralarini qo'llash, shuningdek, ularning faoliyatiga huquqiy baho berish yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdimnomalar kiritiladi.