Tadbirkorlik faoliyatini to'xtatib turish holati monitoring qilinadi

Tadbirkor davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilinganidan so'ng tadbirkorlik faoliyatini to'xtatib turish tartibini belgilab beruvchi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasida belgilanishicha, tadbirkorlik faoliyatini to'xtatib turish holati Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan monitoring qilib boriladi.

Shuningdek:

    davlat fuqarolik xizmatchisi o'zining biznesi mavjudligi haqida vakolatli organlarni xabardor qiladi va tadbirkorlik faoliyatini to'xtatib turishning shakllaridan birini tanlaydi;
    davlat fuqarolik xizmatchisiga o'zining mehnat faoliyatida manfaatlar to'qnashuviga yo'l qo'ymaslik bo'yicha majburiyat yuklatiladi;
    o'zining biznesi mavjudligi faktini yashirganlik holatlari aniqlanganda, davlat fuqarolik xizmatchisiga 10 kun muddat beriladi va xizmatchi ushbu muddat ichida tadbirkorlik faoliyatini to'xtatadi yoki davlat xizmatidagi faoliyatini yakunlaydi.