Tadqiqotchilar Tesla'ni buzib kirishgani uchun 100 ming dollar va Model 3 elektromobilini qo'lga kiritishdi

Shu hafta Vankuverda bo'lib o'tayotgan Pwn2Own axborot xavfsizligi konferentsiyasi doirasida tadqiqotchilar Tesla xavfsizlik tizimini ikki marta buzishga muvaffaq bo'lishdi. Buning uchun ular 100 000 dollar mukofot va Tesla Model 3 elektromobilini olishdi.

Bluetooth orqali Synacktiv mutaxassislarining ikkinchi muvaffaqiyatli hujumida Model 3 axborot-ko'ngilochar tizimi buzilgan. Jami Synacktiv jamoasi a'zolari turli mahsulotlarni buzishga urinishlarning aksariyat qismini muvaffaqiyatli yakunlab, 53 Master of Pwn ball to'plashdi va jami 530 ming dollar mablag'da mukofot olishdi.