Taekvondo ITF boʻyicha Oʻzbekiston Kubogi

24-27-noyabr kunlari taekvondo ITF boʻyicha yoshlar, oʻsmirlar va kattalar oʻrtasida Oʻzbekiston Kubogi boʻlib oʻtadi. Musobaqada 3000 nafardan ortiq sportchilar gʻoliblik uchun bellashadilar.
Sportchilar taekvondo ITFning shaxsiy massogi, jamoaviy massogi va shaxsiy tul, seldefens yoʻnalishlari boʻyicha oʻzaro bahslashdilar.
Oʻzbekiston Kubogida terma jamoa aʼzolari yana bir bor koʻrikdan oʻtkazilib, taekvondo ITF boʻyicha joriy yil 8-12-dekabr kunlari Belorussiyaning Minsk shahrida oʻtkazilishi rejalashtirilgan Jahon Kubogi va 2023-yil aprel oyida Amerikaning Nevada shtati Las-Vegasda Xalqaro turnir uchun sportchilar saralab olinadi.






