Tajriba sifatida yakka tartibdagi tadbirkorlarga xususiy tashuvlarni amalga oshirishga ruxsat berildi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2022 yil 31 dekabrigacha yo'lovchilarni avtomobillarda tashish faoliyatini tartibga solish to'g'risidagi farmoniga binoan, tajriba sifatida yakka tartibdagi tadbirkorlarga yo'lovchilarni 4 o’rindiqqa ega yengil transport vositalarida tashish bo'yicha faoliyatni amalga oshirish huquqi beriladi. 

Zarur talablar:

 - Haydovchi kamida 21 yoshda bo'lishi kerak, va uning mashinasi ishlab chiqarilgan kundan boshlab 10 yildan ortiq haydalmagan bo’lishi kerak;
 - Avtomobil har 6 oyda texnik xizmat ko'rsatish stansiyalarida texnik ko'rikdan o'tishi kerak;
 - Haydovchi har oy xususiy klinikalarda yoki oilaviy poliklinikalarda tibbiy ko'rikdan o'tishi shart.

Shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlarning tashish uchun dastlabki to'lovi 5 barobar kamaytirildi va 690 ming so'mni tashkil etdi. Oylik to'lov 1,5 barobar kamayib, 425 ming so'mni tashkil etdi. Yakka tartibdagi tadbirkor - bu yuridik shaxs tashkil qilmasdan, mulk huquqi, shuningdek mulkka egalik qilish va (yoki) foydalanishga ruxsat beruvchi boshqa moddiy huquqlar asosida, o'ziga tegishli bo'lgan mol-mulk asosida mustaqil ravishda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradigan jismoniy shaxs hisoblanadi.