Talab qilib olinmagan bagaj aeroportda ko’pi bilan 3 oy saqlanadi

Uchib kelgan reys yo'lovchilariga bagaj topshirilganidan keyin talab qilib olinmagan bagaj uni olib kelgan tashuvchi hisobidan saqlash va bunday bagajning egasini qidirish hamda uni egasiga yetkazib berishni tashkil etish uchun aeroportning tegishli xizmatiga topshiriladi.

Tashuvchilar tomonidan olib kelinib, talab qilib olinmagan bagaj aeroportda ko'pi bilan 3 oy saqlanadi va aeroportning tegishli xizmati tomonidan yo'q qilinadi.

Chet ellik tashuvchilar tomonidan olib kelinib, talab qilib olinmagan bagaj aeroportda ko'pi bilan 7 kun saqlanadi va uni olib kelgan tashuvchining reysi bilan qaytarib yuboriladi.