Ta'lim va tilshunoslik bo'yicha 3-xalqaro konferensiyasi bo'lib o'tdi

Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universitetida Ta’lim va tilshunoslik bo‘yicha 3-xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Tadbirda o‘quv va ilmiy tadqiqotlar samaradorligi va sifatini oshirishga alohida e’tibor qaratildi. Konferensiya mahalliy va xalqaro o'qituvchilar va akademiklarni, o'quv dasturlari va materiallar ishlab chiquvchilarni, test va baholash tashkilotlarini, davlat rasmiylari va xalqaro tashkilotlarni til ta'limi sohasidagi mavjud bilim va amaliyotni oshirish yo’lida birlashtirdi.
“O‘zbekiston barqaror rivojlanishga erishish yo‘lida dadil islohotlarni amalga oshirmoqda.
Hukumat mamlakatimiz ta’lim tizimini barcha sohalarda malakali va professional kadrlar bilan ta’minlashni takomillashtirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Bu TXVU maqsadiga yaqqol to‘g‘ri keladi va 20 yildan beri shunga intilmoqdamiz. Nafaqat O’zbekistonda, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasida ta’lim sohasida konstruktiv muloqotga hissa qo‘shadigan bunday platformani taqdim etishdan mamnunmiz” – deya tadbirni TXVU rektori Bahrom Mirqosimov ochib berdi.
Tadbirda ta’lim va ilmiy tadqiqotlar samaradorligi va sifatini oshirish har doim jahondagi har qanday ta’lim tizimining dolzarb mavzusi bo‘lib kelgani ta’kidlandi. COIVD-19 pandemiyasi tizimdagi salbiy tomonlarini ko'rsatib o'qituvchilar samaradorligi bo'yicha tadqiqotlar yo'qligini ochib berdi. Shunday qilib, hozirgi til o'qitish tizimi va tadqiqot amaliyoti modernizatsiya qilinishi va tez o'zgarishlarga moslashtirilishi lozim. Bunda onlayn va oflayn ta'lim usullariga alohida e'tibor qaratiladi.
Mutaxassislarning fikricha, o‘qituvchining samaradorligi to‘g‘risida yetarli tushunchaga ega emaslik natijasida o‘qituvchilar o‘quvchilarning e’tiborini yo‘qotadi, ularning bilim olish imkoniyatlari va hayotiy ko‘nikmalarini yetarlicha baholay olmaydi. G'arb ta'lim tizimi o'quvchilar va o'qituvchilar uchun XXI asr ko'nikmalarini egallayotgan bir paytda, Markaziy Osiyo mintaqasi ham ushbu o'zgarishlarni hayotga tatbiq etishi kerak.
TXVU O‘zbekistondagi birinchi xalqaro universitet va Markaziy Osiyoda ilk xalqaro Britaniya oliy ta’limini taklif etuvchi universitetdir. U Vestminster universiteti (Buyuk Britaniya) tomonidan to'liq tan olingan. TXVU missiyasi Markaziy Osiyo va xalqaro miqyosda hamjamiyatlarning intellektual, ijtimoiy va kasbiy rivojlanishiga hissa qoʻshadigan xalqaro standartlardagi taʼlim va tadqiqot imkoniyatlarini taqdim etishdan iborat. 2022-yilda TXVU o'zining 20 yilligini nishonlamoqda.






