Tanzaniyada sapyor kalamush vafot etdi, u hayoti davomida yuzdan ortiq mina topgan

Magava ismli sapyor kalamush 8 yoshda edi. U 2013-yilda Tanzaniya qishloq xo‘jaligi universitetida tug‘ilgan. Unga hid bilan yer ostidan portlovchi moddalarni qidirishni o'rgatishgan. 2020 yilda kalamush PDSA oltin medali bilan taqdirlandi. Bu jasorat uchun hayvon olishi mumkin bo'lgan eng yuqori mukofotdir. Magava 2021 yilda nafaqaga chiqdi.