Tarixiy kun: O'zbekistonda ilk marotaba koinotga nanosputnik uchirildi
CubeSat nanosputnigi loyiha muallifi Ziyodulla Butaxonov boshchiligida Turin politexnika universiteti talabalari tomonidan birinchilardan bo'lib ishlab chiqarilgan va fazoga uchirilgan.
Qurilma o'z ichiga 10 sm o'lchamdagi sun'iy yo'ldoshni oladi. U kosmik makonni o'rganishga imkon beradigan bir nechta modullardan iborat. CubeSat yerdan masofa balandligi, stratosferada havo namligi, havo ifloslanishi darajasi va boshqa jismoniy ma'lumotlarni on-layn tarzda universitetda joylashgan ma'lumotlarni qabul qilish stantsiyasiga uzatuvchi sensorli qurilmalarga yo'llaydi. Olingan ma'lumotlar va video tasvirlar kelajakda geodeziya va geoaxborot tizimlarini tadqiq qilish uchun tahlil qilinadi. Sun'iy yo'ldosh troposferaning qatlamini yengib chiqdi, shu bilan CubeSat stratosferani kesib o'tdi.
“Yurtimizda kosmik faoliyatni rivojlantirishga davlat rahbari tomonidan alohida e’tibor berilmoqda. Xususan 2019 yil 30 avgustdagi PF-5806-sonli “O‘zbekiston Respublikasida kosmik faoliyatni rivojlantirish to‘g‘risida”gi farmoni asosida yurtimizda «O‘zbekkosmos» agentligining tashkil etilishi ushbu sohaga yoshlarimizni yanada qiziqishini uyg‘otdi. Bugungi tadbir doirasida kosmik tadqiqotlarga bag‘ishlangan loyihani amalga oshirishdan maqsad, universitetimiz talaba-yoshlarini kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar, ilmiy-izlanish, tajriba-konstruktorlik va innovatsion ishlarni rivojlantirishga qiziqishini uyg‘otish va ushbu sohada nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash”, - deb ta’kidladi Jamshid Shuxratullayevich Inoyatxodjayev, Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti rektori.
Kosmik faoliyatni rivojlanishi kelgusida yer resurslaridan samarali foydalanish, geo axborot tizimlaridan foydalangan holda geodeziya, kartografiya va kadastrni shakllantirishda yordam beradi. Shuningdek, geo axborot tizimlarini rivojlantirish orqali shahar markazlarida paydo bo‘layotgan avtotransport vositalarining tirbandligini, avto yo‘llardan foydalanishni optimallashtirish orqali kamaytirishga erishiladi.