«TASHABBUS-2021» ko'rik-tanlovning taqdirlash marosimi

Avval xabar berganimizdek, 2021 yil 14-iyun kuni Yoshlar Ijod Saroyida TASHABBUS-2021 musobaqasi bo'lib o'tdi.

2021 yil 15-iyun kuni Yoshlar Ijod Saroyida ko'rik-tanlovning respublika bosqichida bo'lgan g'oliblarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.
Ushbu tanlov g'oliblariga 5 asosiy nominatsiya bo'yicha sovg'alar topshirildi:
- Jizzax viloyatidan Fayzullaev Mizobir sanoat sohasida yilning eng yaxshi tadbirkori bo'ldi;
- Toshkent viloyatidan Yunusxojaev Saidazim xizmat ko'rsatish sohasida yilning eng yaxshi tadbirkori bo'ldi;
- Samarqand viloyatidan Salimov Fazliddin yilning eng yaxshi yosh tadbirkori bo'ldi;
- Andijon viloyatidan Karimov Xusniddin yilning eng yaxshi fermeriga aylandi;
- Farg'ona viloyatidan Sultonov Ibroxim yilning eng yaxshi hunarmandiga aylandi

Ta'kidlash joizki, bu yil ko'rik-tanlov tarixida birinchi marta tanlovning barcha bosqichlarida g'oliblarni aniqlashda halollik va adolat tamoyillarini ta'minlash maqsadida arizalar elektron platforma orqali taqdim etildi.